Bu haqda Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “B. X” fermer xoʻjaligi rahbari M.A sheriklari A.A va K.Z lar bilan oldindan til biriktirib, 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oyilarida oʻziga qarashli boʻlgan dala maydoni chetida koʻkarib turgan jami 21 tup qayragʻoch daraxtlarini qonunga xilof ravishda kesib sotib yuborganligi holati aniqlanib, Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 198 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Mazkur holat yuzasidan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022-yildagi 464 sonli qarori 4 ilovasiga asosan hisoblanganda, zarar miqdori 1.459.144 ming soʻmni tashkil etgan.
Sudda M.A, A.A va K.Z larning Sayxunobod tumani “B. X” fermer xoʻjaligiga qarashli boʻlgan dala maydoni chetida koʻkarib turgan jami 21 tup qayragʻoch daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesib sotib yuborganligi holati oʻz isbotini topib, Sudning hukmi bilan har uchala javobgarlarga nisbatan adolatli hukm chiqarilishi taʼminlangan boʻlib, ulardan tegishli tartibda tabiatga yetkazilgan 1.459.144 ming soʻmlik zarar Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga undirilishi belgilangan.
Shuningdek, har uchala sudlanuvchilarga nisbatan 2-yildan Ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni manzil koloniyalarga oʻtashi belgilandi.