Sirdaryoda noqonuniy ravishda olib oʻtilayotgan madaniy boyliklar toʻxtatib qolindi

    Xavfsizlik 19 Mart 2022 1210

    “Sirdaryo” chegara bojxona postida “Volvo” rusumli yuk mashinasi bojxona nazoratidan oʻtkazilganida I.R.ga tegishli hech qanday hujjatlari boʻlmagan 21 dona bronzaga oʻxshash qattiq jismdan turli shakllarda oʻyib yasalgan tarixiy buyumlar borligi aniqlandi.

    Bu haqda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Xabarda ushbu 21 dona tarixiy bumlar Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida ekspertizaga qilingan. Xusolaga koʻra, yagona ornament (naqsh) tushirilgan, yagona oʻymakorlik shaklli va bir xil vaznli mazkur noyob topilmalar Oʻrta Osiyoning XI-XIII asrlarga oidligi, Oʻrta Osiyo metrologiyasi uchun muhim tarixiy manba ekan.

    Shuningdek, Turizm va Madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros Agentligining xulosasida ushbu 21 dona buyumlar amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq, tarixiy qiymatdagi boyliklar ekani va umumiy qiymati 210 mln. soʻmni tashkil etishi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlangani maʼlum boʻldi.

    Yuqorida aniqlangan huquqbuzarlik holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.