Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat nazoratga olinganini maʼlum qildi.
Internetdagi videoda mashina futbol maydoni ichidagi bir guruh odamlar qarshisida xavfli burilishlar qilib, ularni qasddan bosib ketishga harakat qilgani va bir nafarini urib ketgani koʻrinadi.
Holat oʻrganilib, avtomashina haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi tegishli tartibda qamoqqa olinib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.