Holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli bandlariga koʻra maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo tuman sudida koʻrib chiqildi.
Sudga viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi tomonidan berilgan psixiatr ekspertiza xulosasi taqdim etilgan. Ushbu ekspertiza xulosasida qayd etilishicha, fuqaro G.X. aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sud fuqaro G.X.ning umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi yuzasidan hukm chiqargan. Fuqaro G.X. ayni vaqtda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Bir necha kun oldin Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda fuqaro G.X. dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirib, oʻqituvchini haqorat qilib, unga qoʻl koʻtargani aks etgan video jamoatchilik oʻrtasida keskin muhokamalarga sabab boʻlgan edi.