Sirdaryoda Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi

    Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani T. Ahmedov mahallasida Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi.

    Uy-muzey mahalladagi T.Sulaymon koʻchasi 7 uyda maskan topdi.

    Toʻra Sulaymon tavalludining 90-yilligi arafasida tashkil etilgan uy-muzeyning ochilish marosimida Turizm qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Sirdaryo viloyat hokimligi hamda keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

    Uy-muzeyning keng va fayzli hovlisida taniqli haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi Azamat Hotamov tomonidan yasalgan, shoir Toʻra Sulaymonning haykali oʻrnatildi.

    Toʻra Sulaymon uy-muzeyida shoir hayoti va ijodi bilan bogʻliq boʻlgan 870 ta eksponatlar, 1000 dan ortiq adabiyotlar toʻplami, 30 dan ortiq gazeta va jurnallar hamda 10 dona disklar keltirilib T.Sulaymon kutubxonasi tashkil etilgan, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.