Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati axborot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, mazkur fuqaro JIB Yangiyer shahar sudining 2024-yil dekabr oyidagi hukmi bilan Jinoyat Kodeksining 168 va 176-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 1-yil 10 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va hozirda jazo oʻtayotgan shaxs hisoblanadi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Qozogʻiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan ushbu qalbaki kupyuralarni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi fuqarodan olganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qonunbuzarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Hozirda tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.