Sirdaryoda qum savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

    Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Guliston tumani boʻlimining davlat inspektorlari tomonidan qum savdosi bilan shugʻullanayotganlarga qarshi reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tungi reyd tadbirida Oʻzbekiston “SIU” hududidan oqib oʻtgan “Sirdaryo” daryosining muhofaza maydonidan fuqaro J. F oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qum mahsulotini oʻziga tegishli boʻlgan yuk mashinasiga ortib kelayotganda ashyoviy dalil bilan qoʻlga olindi.

    Hozirda holat yuzasidan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib jarima qoʻllanildi.