Sirdaryoda quvvati 1 573 MVt.lik bugʻ-gaz elektr stansiyasi qurilmoqda

    Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida qurilayotgan quvvati 1 573 MVt boʻlgan zamonaviy bugʻ-gaz elektr stansiyasi 2026-yilda ishga tushiriladi.

    Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, loyiha doirasida foydali ish koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori boʻlgan qurilmalarni oʻrnatish hisobiga yiliga 12 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va buning natijasida yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

    Shuningdek, obyekt qurilishi davomida 2 500 nafar, ishga tushirilgandan soʻng esa 120 nafar doimiy ish oʻrinlari yaratiladi.