Sirdaryoda sholipoyani yoqib yuborganlarga chora koʻrildi

    Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan sholidan boʻshagan yer maydonlarini yoqib yuborish holatlari yuzasidan doimiy nazorat reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi xabar berdi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Sirdaryo tumani Sholikor SIU hududida sholidan boʻshagan yerlarni yoqib yuborgan 23 ta fermer xoʻjaligiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ularga 25 mln 875 ming soʻm jarima tayinlandi.

    Huquqbuzarlarga tabiatga yetkazilgan zarar (19 million 190 ming soʻm) va jarima — jami 45 million 65 ming soʻm tovon toʻlash belgilandi.