Sirdaryoda sogʻliqni saqlash tizimining yangi modeli va davlat tibbiyot sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladi

    Sirdaryoda sogʻliqni saqlash tizimining yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari boʻyicha tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish uchun tayyorgarlik ishlari bilan bir vaqtda oilaviy shifokor, terapiya va pediatriya boʻyicha yordamchilar, hamshira va doyadan iborat guruhlarni tuzish ishlari boshlab yuborildi.

    Prezidentimizning “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash va hayotga tatbiq etish jarayonlarida davlat tibbiyot sugʻurtasini joriy etish mexanizmlariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

    Seminarda olib borilgan ishlar tahlil qilinib, yangi joriy qilinayotgan davlat tibbiy sugʻurta tizimi hisobiga sohada samaradorlikka erishish masalasi koʻrib chiqildi.