Sirdaryoda “Sogʻlom bola oyligi” davom etyapti

    Mamlakatimizda 14 Iyun 2021 1081

    Sirdaryo viloyatida iyun oyi “Sogʻlom bola oyligi” deb eʼlon qilingan.

    Tadbir aholi orasida kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishni oʻz ichishga olgan boʻlib, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi tomonidan eʼlon qilingandi.

    Viloyatdagi mavjud davolash profilaktika muassasalarining malakali xodimlari ishtirokida “Sogʻlom bola oyligi” doirasida bolajonlarimizning salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni oldini olish maqsadida qator loyiha ishlari boshlab yuborildi.

    Mazkur oyning I haftasida “Toza qoʻllar haftaligi”, II haftasida “Meva va sabzavotlar-joni dilim” shiori ostida tadbirlar oʻtkazilgan boʻlsa, oyning III haftasida “Sogʻlom bola –yurt kelajagi”, IV haftasida “Sogʻlom bola –faol bola” mavzularida targʻibot tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

    Ayniqsa, “Toza qoʻllar” hamda “Meva va sabzavotlar-joni dilim” haftaligida Guliston va Shirin shaharlari, Boyovut, Sirdaryo, Guliston, Oqoltin tuman tibbiyot birlashmalarining tibbiyot xodimlari peshqadamlikni qoʻlga oldi. Bolajonlar bilan tashkil etilgan amaliy mashgʻulot va interfaol usuldagi taqdimotlar ularda katta qiziqish va tibbiy bilimlarining oshishiga sabab boʻldi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.