Lekin Bosh boshqarma hamda firmalarning mansabdor shaxslari oʻzaro kelishgan holda sport anjomlarini sunʼiy qimmatlashtirilgan narxlarda oldi-sottisini amalga oshirishgan.
Aniqlangan holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan sudga oid tovarshunoslik ekspertizasining xulosasiga koʻra, umumiy oʻrtacha bozor qiymati 720 mln. 361 ming soʻmni tashkil etgan sport anjomlari 1 mlrd. 976 mln. 778 ming soʻmga sotib olinib, juda qoʻp miqdordagi byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.