Xovos tumanida yashovchi B.T. va uning bir nechta hamfikrlari internet orqali Suriya hududidagi terrorchilik tashkilotlari a'zolarining ta'siriga tushib, ekstremistik mazmundagi, xususan “jihod”ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelgan.

Shuningdek, guruh etakchisi B.T.ning kelgusida Suriyaga borib terrorchi guruhlar tarkibiga qo'shilishni maqsad qilganligi xususida tasdiqlovchi ma'lumotlar olingan.

Guruh a'zolarining yashash manzillarida o'tkazilgan tintuv jarayonida, ularning uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mavjud materiallar asosida B.T.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishi doirasida u hibsga olindi.

Hozirda B.T. va uning aloqalariga nisbatan tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.