баннер
17 Apr 2025
14:30

    Sirdaryoda umumiy ovqatlanish shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

    Bosh prokuratura tomonidan Sirdaryo viloyatida yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida viloyatning Guliston shahridagi “M.E.K.” MCHJ rahbari B.K. jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulab noqonuniy foydalanishi oqibatida 196 mln. soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi.

    Hozirda holat boʻyicha B.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech