Sirdaryoda uyga muhtoj 20 nafar xotin-qizlarga uy berildi

    Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida uyga muhtoj 20 nafar xotin-qizlarga uy berildi.

    Kam taʼminlangan, uy-joyga muxtoj, ogʻir vaziyatga tushib qolgan shaxslarning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida Sirdaryo tumani hokimligi balansida boʻlgan “Shirin” mahallasi Guliston koʻchasida joylashgan koʻpqavatli 279-uyning 20 ta xonadoni fuqarolarga egalik huquqi berilgan holda xujjatlar rasmiylashtirildi.

    Tuman hokimi B.Mirzaqulovning ushbu tashabbusidan ayniqsa xotin-qizlarga koʻrsatayotgan eʼtiboridan fuqarolar mamnun boʻlishdi.

    Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmati