Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yil yakuniga qadar yana 30 ta uy qurib bitkaziladi. Uylardan tashqari mahalla markazi, zamonaviy taʼlim dargohlari, tibbiyot muassasalari, sport majmuasi, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari qad rostlaydi. Aholi barcha ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlanadi. Boʻsh maydonlarga daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi.
Eʼtiborli jihati, aholini ish bilan taʼminlash uchun massiv yaqinida kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. Unda bugunga qadar 21 ta loyiha joylashtirilgan. 2 mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratilgan.