Sirdaryoda yangi, zamonaviy urologiya klinikasi ish boshladi

    Salomatlik 27 Noyabr 2021 4450

    Gulistonda erkaklar kasalligining 40 ga yaqin turini jarrohlik usulida davolashga ixtisoslashgan “Abror urologiya klinikasi” ish faoliyatini boshladi.

    Mazkur shifo maskani erkaklar bepushtligini aniqlashga, buyrak, siydik yoʻli, adenoma, varikotsele va boshqa shunga oʻxshash erkaklar kasalliklarini yangi texnologiyalar asosida jarrohlikka yoʻl bilan davolashga ixtisoslashgan.

    50 oʻringa moʻljallangan “Abror urologiya klinikasi”ni qurib ishga tushirishga Sirdaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi urologiya boʻlimi urologi, oliy toifali shifokor-urolog Quvondik Bultekov “Sanoat qurilish bank”dan olgan 2 milliard soʻm, oʻzining 7 milliard soʻm pul mablagʻini jalb etdi.

    Natijada 3 nafar oliy toifali urolog, 23 nafar oʻrta tibbiyot xodimi ish oʻrinlari bilan taʼminlandi.

    Yangi klinikaga xorijiy davlatlardan zamonaviy davolash, tashxis qoʻyish uchun moʻljallangan tur defibrillyator nefroskop, rezentoskop, galin lazer, SKM rengen, UZI kabi tibbiy apparaturalar keltirildi.

    Fitobar, shinam va zamonaviy oshxona, toza va ozoda, har tomonlama mijozlarni talabiga javob bera oladigan xonalar bemorlarning xizmatida.

    Bu yerda urologik va boshqa kasalliklar bilan bogʻliq 15 turdan ortiq tashxis natijasini boshqa laboratoriyalarga nisbatan tez va sifatli aniqlash imkoniyati yoʻlga qoʻyildi. Bu esa bemor va uning yaqinlari uchun yaxshigina qulaylikdir. Klinikaning UTT, endokrinologiya, urologiya, nevrologiya, terapevt, fizioterapiya, ginekologiya, K. l. D, xirurg, reanimator, lor boʻlimi shifokorlari tomonidan laboratoriya tashxisidan soʻng bemorga aniq tashxis qoʻyilib, belgilangan talab asosida davolash ishlari boshlab yuboriladi.

    — Urologik kasalliklar, erkaklar bepushtligi, buyrak va siydik yoʻli tosh kasalliklari yosh tanlamaydi. Ushbu turdagi kasalliklarni tashxislash va davolash, zarur boʻlsa shu yerning oʻzida jarrohlik amaliyotlarini ilmiy yondashgan holda bajara oladigan klinika viloyatda yoʻq edi, — deydi “Abror urologiya klinikasi” rahbari, oliy toifali, vrach urolog, Amerika urologlar assotsiatsiyasi aʼzosi Quvondiq Bultekov. — Bunday amaliyotlar Toshkentda bajarilar edi. Sirdaryolik bemorlar ham vaqtini, ham ortiqcha mablagʻini yoʻqotib ushbu klinikalarga murojaat etardi. Endi ularni Toshkentga borishiga hech hojat qolmadi. Poytaxtdagi “Doktor-D” kabi klinikada bajarilayotgan davolash amaliyotlarini shu yerning oʻzida bajaryapmiz. Yaqin vaqtlar oraligʻida bepushtlikni oldini olish maqsadida eko yaʼni urugʻlantirish ishlarini ham yoʻlga qoʻyamiz. Bu borada yetarlicha tajribamiz bor. Peterburg, Odessa, Qozon urologiya markazida tajriba orttirib kelganmiz.

    Quvonarli tomoni, “Abror urologiya klinikasi” shifokorlari klinikada qisqa fursatlarda 520 dan ortiq jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bemorlar Sirdaryodan va respublikamizni turli hududlaridan. Undan tashqari 10 dan ziyod tojikistonlik, 15 dan ziyod qozogʻistonlik fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatdi. Bundan tashqari “Abror urologiya klinikasi” rahbari, oliy toifali vrach urolog bilan Qirgʻiziston Respublikasi urologlari hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Har oy Sirdaryolik urolog Qirgʻiziston Respublikasining Oʻzgan shahrida qirgʻizistonlik urologlar bilan hamkorlikda 20 ga yaqin bemorda murakkab jarrohlik amaliyotini oʻtkazadi.

    — Nasib qilsa kelayotgan yilda Qirgʻiziston Respublikasini Oʻzgan shahrida hamda Qozogʻiston Respublikasini Chimkent viloyatida urologiya yaʼni erkaklar bepushtligini aniqlash va davolash, buyrak, siydik yoʻli, adenoma, varikotsele va boshqa shunga oʻxshash 40 ga yaqin erkaklar kasalligini yangi texnologiya imkoniyatlaridan foydalangan holda jarrohlik usulida davolashga ixtisoslashgan klinika ochmoqchimiz. Bu boradagi ishlarga esa tamal toshi qoʻyilgan, — deydi sirdaryolik vrach urolog Quvondiq Bultekov.

    Gʻulom Primov,

    Sirdaryo viloyat

    Sogʻliqni saqlash boshqarmasi

    matbuot xizmati xodimi.