Yiliga kamida 5 ming dollar daromad olish imkonini beradigan tayyor biznes loyihalar tayyorlanadi

    Mamlakatimizda 20 Dekabr 2021 1922

    Gʻofurjon Mirzayev viloyatda kelgusi besh yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha rejalar bilan oʻrtoqlashdi:

    Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga oshirish choralari koʻriladi. Bunda 34 ming gektar maydon oʻzlashtirilib, meva-sabzavotchilik va chorvachilik uchun, tanlov asosida ajratib beriladi.

    16 ming 200 gektar paxta va gʻalla maydonlarini ochiq tanlov asosida, aholiga 1 gektargacha uzoq muddatga ijaraga berish orqali, 35 mingga yaqin ish oʻrni yaratiladi.

    Bu loyihalarni amalga oshirish uchun, “Loyiha ofisi” tashkil etilib, har bir oilaga yiliga kamida 5 ming dollar daromad olish imkoniyatini beradigan tayyor biznes loyihalar ishlab chiqiladi.