Shuningdek, Prezidentimiz Sirdaryodagi aholi va tadbirkorlarning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qiladigan tashabbuslarga toʻxtaldi.
A-373 yoʻlini Sayxunobod va Guliston tumanidan oʻtgan 37 kilometr qismi yaroqsiz boʻlgani uchun transport shahar orqali harakatlanishga majbur boʻlyapti.
Bu yoʻlni 6 tasmali qilib rekonstruksiya qilish ishlarini boshlash topshirildi.
Osiyo taraqqiyot banki bilan ichki yoʻllarni qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mutasaddilarga ushbu dastur doirasida Boyovut, Guliston, Xovos, Mirzaobod, Sirdaryo va Sayxunobodning 18 ta mahallasidagi 67 kilometr yoʻlni sement-beton qoplamaga oʻtkazish topshirildi.
“Doʻstlik” kanalining Guliston shahridan oʻtgan 5 kilometr qismi rekonstruksiya qilingani uchun qirgʻoq boʻyi dam olish maskanlari tashkil etildi.
Kelgusi yilda kanalning qolgan 3,5 kilometr qismi ham beton qoplamaga oʻtkazilishi belgilandi.








