Sirdaryoda yuk avtomobillari toʻqnashdi

    Tashvishli xabar 27 Mart 2021 562

    Toʻqnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 27-mart kuni soat 13:30larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan oʻtgan M-34 avtomobil yoʻlining 84-kilometrida, haydovchi, 1992-yilda tugʻilgan S.Ya. boshqaruvidagi “Kamaz-5410” rusumli hamda haydovchi, 1985-yilda tugʻilgan Z.X. boshqaruvida boʻlgan “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomobillari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Zarb oqibatida “Kamaz-5410” rusumli yuk avtomobili agʻdarilgan.

    Toʻqnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.

    Mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, toʻqnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritish va YTH sabab yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

    Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, qoidalarni chetlab oʻtib oʻzi va oʻzgalar salomatligini xavf ostiga qoʻymasliklarini soʻrab qolamiz.

    Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati