Sirdaryodagi avtomobil bozori boshqa joyga koʻchiriladi

    Uning oʻrnida 6 ta arzonlashtirilgan koʻp qavatli uy-joy quriladi.

    Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanining Navroʻz mahallasida joylashgan haftaning faqatgina har shanbasida faoliyat yurituvchi avtomobil bozorini boshqa hududga koʻchirish rejalashtirilmoqda. Uning oʻrnida 6 ta arzonlashtirilgan koʻp qavatli uy-joy quriladi.

    Tuman hokimligining maʼlum qilinishicha, avtobozor shu haftadan xalqaro ahamiyatdagi A-373 “M-39 avtoyoʻli – Guliston – Boʻka – Angren – Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh” avtomobil yoʻlining 15 kilometridagi “Anor sotish va aholiga boshqa maishiy xizmatlar koʻrsatish majmuasi” hududida ish boshlaydi.