Sirdaryodagi IES uchun olib kelinayotgan ikkinchi gaz turbinasi Yaponiyadan yetib keldi

    Energetika 17 Mart 2023 1828

    Sirdaryoda barpo etilayotgan 1 500 MVt quvvatli IES uchun Yaponiyadan olib kelinayotgan gaz turbinasining ikkinchisi qurilish maydoniga yetib keldi

    Xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 500 MVt boʻlgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurilyapti.

    Unda “Mitsubishi” kompaniyasining dunyodagi eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinalari oʻrnatilyapti.

    Xususan, Yaponiyadan olib kelinayotgan yirik energo qurilmalarning ikkinchi bosqichi stansiya qurilish maydoniga yetib keldi.

    Stansiyaning dastlabki quvvatlari joriy yil iyul oyida ishga tushiriladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi.

    Shuningdek, xabar orqali 2022 yil dekabr oyida mazkur IESda Yaponiyadan olib kelingan birinchi gaz turbinasi oʻrnatilganligi eslatiladi.