Qayd etilishicha, Sirdaryo tumanidagi 1-maktabdagi pedagogga nisbatan fuqaroning qoʻpol muomalada boʻlganligi sabab yuzaga kelgan hamda jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab boʻlgan holat viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha oʻrganib chiqildi va tegishli chora koʻrildi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq, pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasi ostida boʻladi. Pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun tegishli javobgarlik belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi maktablarning birida oʻquvchining onasi oʻqituvchini kaltaklagani haqida xabarlar tarqalgandi.