Birgina misol, shu yilning oʻzida Sirdaryo aholisining turmushini yaxshilash uchun 100 million dollar berildi.
Natijada 47 ta maktab, 45 ta bogʻcha, 31 ta tibbiyot muassasasi, 5 ta sport va madaniyat maskani toʻliq taʼmirdan chiqarilib jihozlandi.
Shuningdek, 87 kilometr tarmoq tortilgani uchun Guliston shahridagi 22 ming xonadonga ichimlik suv uzluksiz boryapti.
Yil yakunigacha yana 9 kilometr yangi tarmoq oʻtkazilib, Mirzaobod, Sardoba, Boyovut, Xovos tumanlari va Yangiyer shahridagi 12 ming xonadon doimiy ichimlik suv bilan taʼminlanadi.
Bu ishlar davom ettirilib, viloyatdagi elektr, yoʻl, suv, kanalizatsiya va boshqa infratuzilma bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun kelasi yil yana 100 million dollar ajratilishi belgilandi.








