Sirdaryoga USAIDning begʻaraz yordami keltirildi

    Salomatlik 1 Mart 2021 1255

    Sirdaryoga 44 ming dollarlik AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning begʻaraz yordami keltirildi.

    Sirdaryo viloyat fizioterapiya va pulmonologiya markaziga AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan 44 ming dollarlik 42 turdagi zamonaviy tibbiyot uskunalari hamda 2 058 kilogramm oziq-ovqat mahsulotlar jamlanmasi keltirildi.

    Gumanitar yordam tarzida keltirilgan tibbiy jihozlar viloyatdagi 12 ta tuman va shahar shifoxonalariga taqdim etilib, sil va sil kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllanilsa, oziq-ovqat mahsulotlar yaʼni vitamin va minerallar bilan boyitilib quritilgan sabzavotlar va dukkakli mahsulotlar sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya obyektlarida qoʻllaniladi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.