Dastlab, bu yerda dispanserning malakali mutaxassislari Respublikamizdagi yurak qon-tomir kasalliklarga ixtisoslashgan klinikalarning malakali mutaxassislari bilan hamkorlikda 4 ta bemorda koronar qon-tomirlari bilan bogʻliq murakkab jarrohlik amaliyotini oʻtkazib, koronar qon -tomirlariga stend oʻrnatishgan boʻlsa, bugungi kunga kelib bunday amaliyotlar soni 25 dan oshib ketdi.

Qolaversa, Sirdaryolik malakali mutaxassislar tomonidan 50 dan ortiq bemorda koronarografiya diagnostik amaliyoti ham muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Bu esa bemorlarga aniq tashxis qoʻyish imkonini berdi. Dispanserda davolangan va davolanayotgan bemorlarni ahvoli yaxshi.

Rentgenendovaskulyar jarrohlik boʻlimi mazkur dispanser ishga tushmasdan avval turli ovoragarchilik va muammolarga duch kelayotgan edi. Endi bunday muammolarga oʻrin qolmadi. Qolaversa, qoʻshni davlat, qoʻshni viloyat fuqarolari ham yurak-qon tomir kasalliklari bilan bogʻliq kasalliklarini davolatish, sogʻliqlarini tiklash uchun Sirdaryolik kardiologlarga murojaat qila boshladi.

Sirdaryolik mutaxassislar bu bilan cheklanibgina qolmay, yurak qon-tomiri bilan bogʻliq kasalliklarni erta aniqlash va davolash ustida izlanishlarni davom ettiryapti.

Gʻulom PRIMOV,

Sirdaryo viloyat

Sogʻliqni saqlash boshqarmasi

matbuot xizmati xodimi.