Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etiligicha shu yilning 1-8-avgust kunlari yurtimiz mezbonligida shaxmatning rapid (tezkor) va blis yoʻnalishlari boʻyicha 9 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari hamda 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda dunyoning 20 ta mamlakatidan 269 nafar shaxmatchi gʻoliblik uchun daʼvogarlik qilmoqda.

Kuni kecha mazkur nufuzli turnirning rapid yoʻnalishi boʻyicha bahslarida Sardoba tumani 18-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Bahrom Baxrillayev bu siklda 9 imkoniyatdan 7 ochko jamgʻardi va jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, Bahrom Baxrillayev 6-7-avgust kunlari oʻtkaziladigan blis yoʻnalishidagi bahslarda ham ishtirok etadi.