Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari dunyo boʻyicha hozirgi kunga qadar nogironlik va oʻlimning asosiy sababi ekanligicha qolmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, barcha oʻlim holatlarining 56 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Yevropa mamlakatlarida yurak-qon tomir kasalliklari yiliga 4,3 million (48%) aholi oʻlimiga sababchi boʻladi.
Xush, bu kasalliklardan qutilishning qanday omillari bor degan savol shu kasallik turi bilan kasallangan bemorlarni qiynamoqda. Buning oson va sodda yechimi bor. Ammo, bunga koʻp ham amal qilavermaymiz. Sogʻlom turmush tarzi nafaqat qandli diabetni, miokard infarkti, insult kabi turli tuman yuqumli boʻlmagan kasalliklarni kelib chiqishiga, inson organizmida surunkali davom etishiga sabab boʻlmoqda. Bu kasallikni oldini olish va kasallikdan forigʻ boʻlishda toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport, shaxsiy gigiyenaga amal qilish, chiniqish, turli zararli odatlardan voz kechish muhim rol oʻynaydi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, Sirdaryoda 840 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 38599 nafarida yurak qon-tomir kasalliklari bilan bogʻliq muammolari boʻlib, ularning 2775 nafariga statsionar sharoitda davo muolajalari oʻtkazilsa, 8865 nafari viloyat kardiologiya dispanseri shifokorlari nazoratidan oʻtadi. Ayni chogʻda viloyatda 3211 nafardan ortiq bemor boʻlib ular shu bugungi kunda jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlar hisoblanadi.
Yaqinda Sirdaryo viloyat kardiologiya dispanserida yurak qon tomir kasalliklari bilan bogʻliq yaʼni oʻtkir miokard infarktini davolash, yurak qon tomir tizi yaʼni koronar qon tomirlarida rekanallash va stentlash amaliyotini oʻtkazish maqsadida endovaskulyar xirurgiya boʻlimi faoliyati yoʻlga quyilgandi.
Ushbu yangi boʻlimda dastlab turt nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti Sirdaryolik va Respublikamizdagi klinikaning malakali mutaxassisi tomonidan koronar qon tomirlariga stend qoʻyish amaliyoti oʻtkazilgandi. Amaliyot jarayonlarida ishtirok etgan bemorlarni ahvoli yaxshi. Ular hozir oʻz oilalari bagʻrida boʻlsa, yaqinda Sirdaryolik mutaxassislar oʻz bilim va tajribasi, ustozlarini tajribasiga amal qilishib ilk bor viloyatda oʻtkir miokard infarktga chalingan bemorda yopiq (okklyuziya) oʻng koronar qon tomirini rekanallash va stentlash amaliyotini oʻtkazishdi.
Bemor 63 yoshda boʻlib tashxis aniq edi. Oʻtkir miokard infarkti chap qorincha orqa diafragmal devorida jiddiy muammo kuzatilgandi. Infarktdan keyingi erta stenokardiya. Bemor 2 kun davomida mazkur dispanserning reanimatsiya boʻlimida davolangach, stabil holatga keltirilib rentgenendovaskulyar xirurgiya boʻlimiga olindi. Va ushbu bemorda oʻtkazilgan Koronarografiya tekshiruvi jarayonida uning oʻng koronar qon tomirida yopilish (okklyuziyasi)alomatlari aniqlandi va Sirdaryolik mutaxassislar ilk bora, mustaqil ravishda ushbu bemor koronar kon tomirida rekanallash va stentlash (2 ta stent) amaliyotini bajarib, uning koronar qon tomirlariga 2 ta stent oʻrnatishdi.
Hozir bemorni ahvoli, yaxshi. U oʻzini yaxshi his etyapti. Bunday yutuqdan esa bemor qarindoshlari xursand boʻlishdi.
Gʻulom PRIMOV,
Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati