Sirdaryolik pudratchi “Cobalt” bilan taqdirladi

    “Bek cluster” ko'p tarmoqli klasterda paxta terimi jadal ketmoqda, deya xabar beradi, "O'zbekiston paxta-to'qimachilik klasterlari" uyushmasi axborot xizmati.

    Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joylashgan “Bek cluster” ko'p tarmoqli klasterida paxta yig'im-terimi jadal davom ettirilmoqda.

    Mirzaobod tumanida dehqonchilik qilishning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Er osti suvlari sathi yuqori bo'lib, ekin erlari kuchli sho'rlangan. SHu bois hosildorligi past. Klaster ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida so'nggi 3-4 yilda irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini sifatli bajarish payidan bo'ldi. Natijada tuproq unumdorligi ortib, paxta hosildorligi ham ko'tarilmoqda.

    Darhaqiqat, “Bek cluster” tomonidan joriy yilda 7500 gektar maydonda g'o'za parvarishlanib, mo'l hosil yaratildi. Natijada 200 dan ortiq oilaviy pudratlar birin-ketin zafar marrasiga etib kelishmoqda.

    Klaster tomonidan joriy mavsumda shartnomaviy rejani birinchi bo'lib bajargan oilaviy pudrat boshlig'i Bahrom Xo'janov “Cobalt” avtomobili bilan taqdirlandi. SHuningdek, 10 ga yaqin ilg'or pudratchilarga qimmatbaho sovg'alar berildi.