Sirdaryolik yigit-qizlarning intilishi qo'llab-quvvatlanmoqda

    YUrtimizda yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda dasturlash sohasini chuqur egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu boradagi sa'y-harakatlar ko'lami tobora kengayib, mamlakatimizning barcha shaharu qishloqlariga, xonadonlarga kirib bormoqda.

    Sirdaryo viloyatida ham axborot texnologiyalari o'qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, mehnat bozoridagi malakali IT mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash bo'yicha muayyan ishlar bajarildi. Birinchilardan bo'lib 190 ta maktabgacha va 315 ta umumta'lim ob'ektida to'liq optik tolali aloqa liniyalari tortildi hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog'iga ulanish imkoniyati yaratildi.

    Jumladan, yaqinda Guliston tumanidagi 27-maktabning informatika xonasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan zamonaviy komp`yuter jihozlari va o'quv mebellari bilan ta'minlanib, foydalanishga topshirildi.

    Bundan tashqari, Guliston shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining filiali tashkil etilib, mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi hunar o'rganish istagidagi fuqarolar uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bu erda axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko'rsatadigan 15 dan ortiq korxonani joylashtirish bilan yuzdan ortiq ish o'rni yaratildi.

    Guliston shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktab tashkil etilgani ham dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun ayni muddao bo'ldi. Joriy o'quv yili uchun mazkur maktabning 7-sinfiga 61 nafar o'quvchi qabul qilindi. Bu yil 5 ta, kelgusi yili 3 ta, 2023 yilda 2 ta ana shunday ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

    Aholining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmasini oshirish borasidagi ishlar doirasida Sirdaryo viloyatida jami 11 ta raqamli texnologiyalar o'quv markazi tashkil etildi. Ayni paytda ularda 24 nafar o'qituvchi-trener faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazlarda komp`yuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, veb va mobil` ilovalar yaratish va boshqa yo'nalishlar bo'yicha bu yil 1 ming 458 nafar tinglovchi jalb qilingan. 1 ming 770 nafar yurtdoshimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tegishli yo'nalishlarini tamomlab, muayyan ko'nikmaga ega bo'lgan.

    Aholining axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish va qo'llab-quvvatlashda Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida o'tkazilgan turli tadbirlarning ham o'rni bo'lakcha bo'lyapti. Ushbu yig'inlarga besh mingdan ortiq yosh jalb qilinib, IT sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

    Mamlakatimizda barcha sohalarda kechayotgan raqamlashtirish jarayoni axborot texnologiyalarining hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini tobora oshirmoqda. YUrtdoshlarimiz taraqqiyotning shiddatiga mutanosib tarzda yangi texnologiyalarni izchillik bilan egallashga intilmoqda. e'tiborlisi, bu intilishni ro'yobga chiqarish uchun mamlakatimizda imkoniyat ham, sharoit ham etarli.