Bu borada birgina Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Sirg'ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan amalga oshirilgan ishlarning raqamlardagi ifodasida ko'rishimiz mumkin. Ya'ni joriy yilning o'tgan davri mobaynida bojxona postida 43 209 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ular bo'yicha 2 tlrn 235 mlrd so'm bojxona to'lovlari davlat byudjetiga o'tkazilgan.
Shuningdek, mazkur bojxona postida 7095 ta bojxona ko'rigi jarayonlari amalga oshirilib, ko'riklar natijasida 199 ta holatda 104 mln so'mdan ortiq qiymatdagi noqonuniy tovarlar borligi aniqlanib, ular bo'yicha 457 mln. so'm qo'shimcha bojxona to'lovlari hisoblangan.
Xavfni boshqarish tizimi doirasida tovarlarga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalariga nazar solsak, ularning 21 foizi qizil, 39 foizi sariq hamda 40 foizi yashil yo'laklarda soddalashtirilgan tartibda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o'tkazilgan.
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida yaratilgan qulayliklar tadbirkorlar tomonidan, ayniqsa eksportyorlar tomonidan to'la qo'llab-quvvatlanmoqda.
Post xodimlari esa mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga xamohang tarzda o'zlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarib, mamlakatimiz ravnaqi yo'lida o'z hissalarini qo'shib kelishmoqda.