Sirli jo'natmalar sirligicha qolmoqda

    Ma'lumotlarga ko'ra, Florida shtatida 630 dan ortiq, Buyuk Britaniyada 100 ga yaqin kishi, YAngi Zelandiyada esa bir ayol Zambiyadan jo'natilgan shunday urug'lar olgan.

    Amerika Qo'shma SHtatlari, Kanada, YAngi Zelandiya va Buyuk Britaniyalik bir necha yuz kishi ichida noma'lum urug'lar bo'lgan bir qancha jo'natmalar olishdi. Qizig'i, ular bunday jo'natmaga buyurtma berishmagan.

    “The Guardian” ning aytishicha, hukumatlar bu holatga Internetdagi firibgarlik deb qarashmoqda. Boshqa bir taxminda esa bu bojxona tekshiruvidan xavfsiz o'tish uchun qilingan o'yin ekani aytilmoqda.

    AQSH qishloq xo'jaligi vazirligi fuqarolardan bu sirli urug'larni ekmasliklarini so'ragan va tergov boshlagan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ushbu holatga munosabat bildirar ekan, paketlarga yopishtirilgan stikerlar soxta ekanligini ta'kidlab, dalillarni tergovga topshirishni so'ragan.