Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi.
“Dunyo” AA bergan xabarda muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgani aytiladi.
Saudiya tomoni yangi tayinlangan bosh konsulga ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va konsullik-huquqiy sohalarda oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi faoliyatiga har tomonlama amaliy koʻmak koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.
Sirojiddin Shamsutdinov shu kunga qadar Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan. Diplomat 2017-2021-yillarda ham Oʻzbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli vazifasida faoliyat olib borgan. U Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tamomlagan.
Maʼlumot uchun shu kunga qadar Oʻzbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasini Nodirjon Turgʻunov boshqarib kelayotgan edi.