Sirpanchiq yoʻlda avtomobilni toʻgʻri boshqarish usullarini bilasizmi?

    Bilasizmi? 18 Noyabr 2020 2971

    Yoʻllar sirpanchiq vaqtda avtomobilni toʻgʻri boshqarishning bir necha oddiy usullari mavjud:

    -yoʻlning notekis qismida tormozni bosmang;

    -burulish joylarida harakat tezligini bir meʼyorda saqlang;

    -sirpanchiq yoʻlda tormozni qattiq bosmang.

    Avtomobil sirpanishni boshlaganda qanday choralar koʻrish zarur?

    -sirpanchiq yoʻlda avtomobilning orqa chap yoki oʻng tomoni sirpanishni birinchi boshlashi mumkin;

    -sirpanchiq yoʻlda rul chambaragini sekin va aniq aylantirish kerak. Shu bilan birga:
    agar avtomobilni orqa gʻildirak boshqarsa, gazdan oyogʻingizni oling. Agar oldi gʻildirak boshqarsa, gazni bosib tezlikni ozgina oshiring;

    -avtomobil sirpanchiq yoʻldan chiqqandan soʻng, rul chambaragini toʻgʻri holatga qaytarish zarur. Agar oʻz vaqtida qaytarmasangiz, avtomobil oʻz yoʻnalishidan boshqa yoʻnalishga oʻtib ketishi mumkin.

    Ushbu usullar toʻgʻri bajarilsa, avtomobil yana boshlangʻich holatiga qaytadi va oʻz yoʻnalishingizda davom etishingiz mumkin.

    Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati