Sitora Turdibekovaga ham uy sovgʻa qilindi

    Sport 14 Avgust 2024 554

    Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar jamoasi aʼzosi Sitora Turdibekovaga Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidan uy sovgʻa qilindi.

    Bu jarayon tuman hokimligi axborot xizmati tayyorlagan rolikda aks etdi.

    Tuman hokimi Samandar Astanov bokschi qizning Parij Olimpiadasi musobaqada munosib ishtirok etib, olqishlarga sazovor boʻlganini qayd etdi va unga yangi uy sovgʻa qildi.

    Shuningdek, bokschining ota-onasiga esdalik sovgʻalar topshirildi.