“Tugʻilgan kuningiz qutlugʻ boʻlsin, dadajon! Siz men uchun har doim donishmandlik va kuch-qudrat timsoli boʻlib kelgansiz. Men sizning cheksiz mehringizdan quvvat olib ulgʻaydim.
Dadajon! Tun-u kun sizning oʻy-xayolingiz nimalar bilan band ekanini yaxshi bilaman. Siz xalqimiz uchun yashayapsiz. Umringizni shu yurtga, uning tinchligi, odamlar farovonligiga bagʻishlagansiz. Chunki siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz.
Men sizning bemisl mehr-muhabbatingiz, fidoyi xizmatlaringiz, barcha mashaqqatlarni yengishda koʻrsatayotgan matonatingiz oldida bosh egaman.
Allohdan faqat bir narsani soʻrayman — sizni doim oʻz panohida asrasin. Men uchun. Hammamiz uchun...”, deyiladi tabrikda.








