Sizda 350 million so‘m yutish imkoniyati bor

    Toshkent viloyatida faoliyat koʻrsatadigan NNTlar uchun aholini keng qatlamini tadbirkorlikka oʻrgatish yoʻnalishida loyihalar tanlovi eʼlon qilinadi.

    Aholining keng qatlamlarida tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish va bandligini taʼminlash orqali jamiyatda kambagʻallikni qisqartirish mavzusda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari uchun Davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi eʼlon qilinadi.

    Hujjatlar 21-iyuldan 21-avgustgacha qabul qilinadi.

    Bitta ijtimoiy buyurtma uchun ajratilgan mablagʻ miqdori - 350 mln.soʻm.

    Tanlov boʻyicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 formatda): Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, 100066. Toshkent yul koʻchasi, 90-uy, Toshkent viloyat hokimligi binosining 3-qavati, 301-xonada joylashgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi kerak.

    Toshkent viloyati hokimligi