Bugungi uchrashuvda 40 dan ziyod ana shunday vatanparvar, ishbilarmon biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Kuni kecha ilgʻor biznes vakillaridan 37 nafari orden va medallar bilan, 104 nafari “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ularni chin dildan tabriklab, fidokorona mehnati uchun oʻz nomidan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.
“Sizlar yangilik yaratishdan, tashabbus koʻrsatishdan charchamanglar. Sizlarni qoʻllab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman!”, - dedi Prezident.