Mamlakat ramzi sifatida qurilgan va yarim oy shaklidagi ikkita o'ziga xos qismga ega Katara Towers binosining minoralari tayanchga aylandi. Ularning orasiga 185 metr balandlikda 150 metr uzunlikdagi tasma tortildi, Ruz uning ustidan yurib o'tdi.

Sleklayn arqon ustida yurishdan farq qiladi. Chunki bunda elastik tasma bo'ylab yuriladi.

Rasmiy ravishda bu bitta binoda tortilgan eng uzun sleklayn hisoblanadi va bu rekord sanaladi. Tasmaning kengligi atigi 2,5 santimetr. Ruz tasmaning ustida yurish unga juda qiyin bo'lganini tan oldi, deb xabar beradi techcult.ru.