Slovakiya xalqining yarmi bir kunda koronavirusga tekshirishdan oʻtdi

    Dolzarb 2 Noyabr 2020 427

    31-oktyabrda Slovakiyada koronavirus kasalligiga 2,5 milliondan ziyod kishini tekshirdi. Bu mamlakat aholisining katta qismidir.

    The Guardian tarqatgan xabarga koʻra, Covid-19ga tahlil topshirish bepul ekan. Buni amalga oshirish uchun 40 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, harbiylar, politsiyachilar, idora xodimlari va koʻngillilar jalb etilgan. Mamlakat boʻylab besh mingga yaqin test topshiradigan shoxobchalar ochilgan.

    Testdan oʻtgan 2,58 million fuqarodan 25 ming 850 kishida koronavirus aniqlangan.

    Testdan oʻtkazishning ikkinchi bosqichi 7-8-noyabrga moʻljallangan.