Slovakiyada 40 dan ortiq ayiq otib o'ldirildi

    Slovakiyada yil boshidan buyon 40 dan ortiq ayiq otib tashlandi. Bu haqda davlat ekologiya xizmati xabar berdi.

    Yirtqichlar hujumi bilan bog'liq bir qator hodisalardan so'ng, may oyida parlament ayiqlarni otishning soddalashtirilgan qoidalarini tasdiqladi. Endilikda inson hayoti yoki mol-mulkiga xavf tug'ilgan taqdirda ovchilar hududiy mutasaddilarning so'rovidan so'ng darhol ishga kirishishlari mumkin.

    Biroq, hujumlar sodir bo'lgan qo'riqlanadigan hududlarda hayvonlarni otish hali ham taqiqlangan.

    Slovakiyada ayiqlar XX asrning boshlarida butunlay qirib tashlandi. 1990-yillarda mamlakat hukumati Ukraina Karpatlaridan ayiqlarni olib kelish orqali ular yana ko'paytirila boshlandi, deb xabar beradi ru.euronews.com.