Slovakiyada ayiqning odamlarga hujumi tufayli favqulodda holat e'lon qilindi

    Slovakiyaning Tatr tog'lari yaqinidagi Liptovski-Mikulash shahrida ayiqning odamlarga uch kun ichida ikkinchi marta hujumi tufayli favqulodda holat e'lon qilindi.

    Fuqarolardan, ayniqsa, ertalab va kechki payt turar-joy binolarini tark etmaslik so'ralgan. Xavfli hududda olti nafar qurolli patrul borligi xabar qilinmoqda. Ular dronlar va tungi ko'rish qurilmalari yordamida kuzatuv ishlarini olib borishmoqda.

    17-mart kuni ayiq hujumi oqibatida besh kishi jarohatlangan edi. Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko'ra, 49 yoshli ayol elkasidan, 72 yoshli erkak esa boshidan olgan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. 10 yoshli qiz va ikki nafar yoshi katta odam yengil jarohatlangan.

    Past Tatr tog'larida sodir bo'lgan fojiadan bir kun o'tib yana bir hodisa sodir bo'ldi, u yerda Belarus Respublikasi fuqarosi qo'ng'ir ayiq hujumi qurboni bo'ldi. Xabar qilinishicha, ayol va uning sherigi piyodalar yo'laklaridan biri bo'ylab sayrga chiqqan. Tog' yonbag'iridagi o'rmonda ularga ayiq hujum qildi. Erkak qochishga muvaffaq bo'lgan. Ayol yirtqichdan qochishga urinib, tik qiyalikdan pastga yiqilib tushgan, deb xabar beradi ru.euronews.com.