Bu haqda pravda.sk.internet portali xabar berdi.

“Qoplon saqlanayotgan xonadan hayot belgilari bo'lmagan jasad topildi”, deya mahalliy politsiya matbuot kotibi Petra Kovachikovaning so'zlaridan iqtibos keltiradi portal.

Portal ma'lumotlariga ko'ra, shaxsiy hayvonot bog'ida maymunlar, turli turdagi yovvoyi mushuklar va ekzotik qushlar, shuningdek, puma boqilgan. Qo'shni uylarning aholisi kun bo'yi qo'shnisini ko'rmaganidan xavotirlanib, politsiyaga murojaat qilgan.

Xuddi shunday hodisa taxminan bir yil avval Jilina shahridagi shaxsiy hayvonot bog'ida sodir bo'lgan, uning egasi sher hujumiga uchrab halok bo'lgandi, deb xabar beradi tass.ru.