“Dunyo“ AAning xabar berishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Sloveniya savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz banklari va moliya tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri sheriklikni chuqurlashtirishning muhimligi qayd etildi.
Borut Yamnikning aytishicha, “SID Bank” Sloveniyadagi hamkorlari orqali Oʻzbekistonda farmatsevtika, aloqa va axborot kommunikatsiyalar sohalarida loyihalarni amalga oshirmoqda.
Uchrashuv natijasida “SID Bank” taraqqiyot va eksport banki tomonidan Oʻzbekiston banklari uchun maxsus kredit liniyalarini ochish boʻyicha kelishuvga erishildi.