Smartfon batareyasi nima uchun tez ishdan chiqadi?

    “Oʻrtacha 500-marta quvvatlantirilgandan soʻng smartfon batareyasi oʻz kuchining 20 foizini yoʻqotadi va taxminan 2500-marta quvvatlantirilgandan keyin yaroqsiz holga keladi. Bu “degradatsiya jarayoni” deyiladi.

    Smartfondan foydalanishni boshlaganingizdan taxminan bir yarim yil oʻtgach 45-50 foiz hollarda u bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi. Qurilma batareyasi tez orada ishdan chiqishi va uni almashtirish zarurati yuzaga kelishini qanday tushunish mumkin? Mail.ru Groupning strategiya va media-loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha direktori Dmitriy Ryabinin smartfon “Oʻrtacha 500-marta quvvatlantirilgandan soʻng smartfon batareyasi oʻz kuchining 20 foizini yoʻqotadi va taxminan 2500-marta quvvatlantirilgandan keyin yaroqsiz holga keladi. Bu “degradatsiya jarayoni” deyiladi. akkumulyatorining “degradatsiyasi” belgilari toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” yozadi.

    Smartfon sotib olinganidan keyin kamida 18 oy davomida uning batareyasi sezilar-sezilmas ishdan chiqa boshlaydi. Vaholanki, ishlab chiqaruvchilar odatda ikki yil davomida akkumulyatorning yaxshi ishlashiga kafolat bergan boʻlishadi.

    Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, batareyaning oʻz xususiyatlarini yoʻqotishini koʻrsatadigan bir nechta belgilar mavjud. Bunga quvvatning tez tugashi yoki toʻliq quvvatlash imkoniyati yoʻqligi, batareyaning uzoq vaqt ishlatilmagani sabab boʻladi. Shuningdek, u notoʻgʻri sharoitlarda ishlatilgan boʻlsa ham muammolar yuzaga keladi. Smartfondan foydalanayotganda batareyasi tezda ishdan chiqmasligi uchun ortiqcha energiya sarflaydigan fon dasturlariga eʼtibor qaratishingiz ham maqsadga muvofiq.