Bu “Incogni” kompaniyasining “Google Play”da oʻtkazgan tadqiqotida maʼlum boʻldi.
Tadqiqot oʻtkazilgan ilovalarning 13.4 foizi taxminiy joylashuvni, 3.85 foizi qurilmaning aniq joylashinuvini uzatgan.
Shuningdek, baʼzi ilovalar video, fotosuratlar, fayllar, shaxsiy xabarlar, irqiy, diniy maʼlumotlarni uchinchi shaxsga joʻnatgan.
"Hurmatli foydalanuvchilar, tekshirilmagan, shubhali, zarurat boʻlmagan mobil ilovalarni telefon qurilmangizga yuklab olmaslik va oʻrnatmasliklaringizni tavsiya qilamiz, deya ogohlantiradi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi oʻzining rasmiy telegram kanalida.