“Ba'zi tadqiqotlarga ko'ra, smartfonlardan tarqaladigan radiochastota nurlanishi bepushtlik, saraton, nevrologik va ruhiy kasalliklar xavfini oshiradi”, — dedi shifokor.

Uning ta'kidlashicha, bolalar, homilador ayollar, yurak-qon tomir, asab va immun tizimlari buzilgan odamlar elektromagnit radiochastota maydonlariga juda sezuvchan bo'lishadi. Biroq, hozirgi vaqtda smartfonlardan tarqaladigan radiochastota nurlanishining inson organizmiga ta'siri to'g'risida ishonchli ma'lumotlar mavjud emas.
Qorong'ida smartfonlardan foydalanish kattalar va bolalar salomatligiga jiddiy xavf tug'diradi. “Telefon ekranining ko'k chiroqlari ko'zlarga, biologik ritmlarga salbiy ta'sir qiladi, uyqusizlik, bosh og'rig'iga sabab bo'ladi, ishlashning pasayishi, xotiraning zaiflashishi va degenerativ ko'z kasalliklari paydo bo'lishiga olib keladi”, — deb izohladi mutaxassis.
Uning qo'shimcha qilishicha, smartfonga qaram bo'lganlar uni elektr tarmog'iga ulamasdan, uxlash va dam olish joyidan etarlicha masofada saqlashlari kerak.