Smolensk viloyatidagi neft omborida yong'in sodir bo'ldi

    24-aprel, chorshanba kuni erta tongda Rossiyaning Smolensk shahri yaqinidagi neft bazasida yong'in sodir bo'ldi.

    “Smolensk viloyatining ikkita tumanida yonilg'i-energetika obyektlarida uchuvchisiz uchish qurilmalari hujumidan keyin yong'in sodir bo'ldi”, dedi gubernator Anoxin.

    Unga ko'ra, yong'in Smolenskiy va Yartsevo tumanlarida sodir bo'lgan.

    Shu bilan birga, Shot telegram sahifasining xabar berishicha, ikki holatdan birida gap Smolenskdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Razdorovo qishlog'i yaqinidagi neft ombori haqida ketmoqda.

    Qayd etilishicha, u yerda birinchi portlash ertalab soat 3:15 da eshitilgan, 15 daqiqadan so'ng esa yana bir portlash ovozi eshitilgan, shundan so'ng sanoat obekti hududida yorug'lik va tutun paydo bo'lgan. Taxminan soat 4 ga kelib, yana bir nechta kuchli portlashlar eshitildi.

    Uchuvchisiz uchish qurilmasi hujum qilgani aytilayotgan ikkinchi obyekt hozircha noma'lum, deb xabar beradi korrespondent.net.