SO 9001 sifat menejmenti tizimi haqida nimalarni bilasiz?

    ISO 9001 sifat menejmenti tizimi dunyodagi eng mashhur sifat menejmenti tizimi standarti boʻlib, dunyo boʻylab 180 mamlakatlardagi tashkilotlarni sertifikatlashtirgan.

    ISO 9001 standarti Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan eʼlon qilingan 9000 seriyali standartlardan muvofiqlikni baholash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan yagona standartdir.

    ISO 9001 Sifat Menejmenti Tizimi – bu dunyo miqyosida qabul qilingan sifat menejmenti tizimi boʻlib, mijozlar talablari, ehtiyojlari va tartibga soluvchi talablarini qondirish orqali mijozlar ehtiyojini oshirishni nazarda tutadi.

    ISO 9001 standarti asosan boshqarish mexanizmidir. Ushbu standartning maqsadi – xatolar va nuqsonlarni kamaytirish, yoʻq qilish va oldini olishdan iboratdir. Standart mahsulot va xizmatlarning sifati bilan emas, balki boshqaruv tizimining sifatiga bevosita bogʻliqdir.

    Bundan koʻzlangan asosiy maqsad shundan iboratki, agar samarali sifat menejmenti tizimi yaratilsa va joriy etilsa, mijozlar ehtiyojlarini qondirish uchun sifatli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqariladi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot” telegramm kanali.