Soatiga 600 kilometr tezlikda harakatlana oladigan poyezd

    Xitoyda CRRC Corporation kompaniyasi tomonidan soatiga 600 kilometr tezlikkacha, elektromagnit toʻlqinida harakatlanadigan poyezd ishlab chiqarildi, deb yozadi techcult.ru.

    Pekin bilan Shanxay shaharlari orasidagi masofa 1200 kilometrni tashkil etadi. Mazkur poyezd bekatlarga toʻxtab oʻtish bilan mazkur masofani 3 soatda bosib oʻtishi mumkin. Taqqoslash uchun: mazkur yoʻnalish boʻylab uchadigan samolyot ushbu masofni bosib oʻtish uchun 2 soat 5 daqiqa, avtomobil esa 12 soat vaqt sarflaydi. Poyezd 2 — 10 vagondan iborat boʻlishi, yuzga yaqin yoʻlovchini tashishi moʻljallanmoqda.

    Xitoyning Global Times nashrining maʼlumotlariga koʻra, poyezd shunday tormoz tizimi bilan taʼminlanganki, bu unga 10 kilometr masofa ichida toʻliq toʻxtash imkonini beradi. Amaldagi Shanxay shahridagi elektromagnit toʻlqinda harakatlanadigan tezyurar poyezdi uchun 16 kilometr masofa talab etiladi.

    Rekord tezlikka qaramay, CRRC poyezdlarining tijoriy samaradorligi isbotlanishi kerak. Misol uchun, 2004-yilda Shanxay markazidan xalqaro aeroportgacha boʻlgan masofada — 30 kilometrli trassani qurish uchun 1,14 milliard dollar mablagʻ sarflangan. Qolaversa, uni faoliyatini taʼminlab turish uchun har yili 100 million dollar mablagʻ sarflanadi.